Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyadagi suv toshqinida 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Braziliyadagi suv toshqinida 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatining tog‘li hududida kuchli yomg‘ir sabab yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Globo telekanaliga asoslanib, «Mir 24» ma’lum qildi.

Suv toshqini asosan Petropolis munitsipalitetiga zarba bergan.

«Men Petropolisdagi fojia haqida Moskvadan bildim. Mintaqaviy rivojlanish vaziri Rojerio Marinyu va iqtisodiyot vaziri Paulo Guyedes bilan jabrlanganlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish uchun telefon orqali suhbatlashdim, shuningdek, Rossiyada menga hamrohlik qilayotgan mudofaa vaziri general Braga Neto bilan suhbatlashdim», — deb yozgan hozirda Rossiyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro o‘zining Twitterdagi sahifasida.

Mamlakat janubi-sharqida yomg‘ir boshlanganidan beri olti soat ichida kuchli suv toshqini yuzaga kelgan. Avtomobillar va kichik hajmdagi uylarni toshqin oqirib ketmoqda. Daryolar qirg‘oqlaridan toshib, butun mahallalarni vayron qilgan. Ellikdan ortiq ko‘chkilar qayd etilgan. Ko‘chalar, maydonlar, uylarning hovlilari suv ostida qolgan. Suv toshqinida qolganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida 200 ga yaqin qutqaruvchilar jalb qilingan.

O‘tgan yilning noyabr oyida yomg‘irli mavsum boshlanganidan beri mintaqada 70 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring