Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya prezidenti «insoniyatga qarshi jinoyatlari» sabab sudga berildi

Braziliya prezidenti «insoniyatga qarshi jinoyatlari» sabab sudga berildi

Braziliya mahalliy aholisi rahbarlari Prezident Jair Bolsonaruni insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, Xalqaro jinoyat sudi (ICC)ga da’vo arizasi berishgan. Bu haqda France 24 telekanali xabar bergan.

Kayapo rahbari Raoni Metuktire va paiter-surui qabilasi rahbari Almir Narayamoga Surui 22-yanvar kuni sudga murojaat qilishgan.

Qabila rahbarlari Bolsonaro davlat rahbari etib saylanganidan buyon Amazoniya o‘rmonlarini yo‘q qilish keskin o‘sganligini va mahalliy liderlarni o‘ldirish soni avjiga chiqqanligini va so‘nggi 11 yil ichida rekordlarni yangilaganligini ta’kidladilar.

Bundan tashqari, ular atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari kuchsizligini va tahdidlarga duch kelayotganini aytib o‘tganlar.

Metuktire va Surui majburiy ko‘chirish va ta’qiblar «insoniyatga qarshi jinoyatlar» ekanligini ta’kidladilar.

Bolsonaru hukumati bundan oldin Amazoniya mintaqasida foydali qazilmalarni, gaz va neftni tijorat usulida qazib olish va katta miqdordagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga cheklovlarni yumshatish bo‘yicha qonunlarni taklif qilgan.

Guardian iqlim observatoriyasi nodavlat tashkiloti hisobotiga tayanib, Bolsonaru ish boshlagandan beri, tropik o‘rmonlarning muhim qismlari yo‘q qilinganligi va an’anaviy jamoalarga tahdid solayotganiga aniqlik kiritgan. Ikki yil ichida o‘rmonlarni kesish deyarli 50 foizga ortib, 2008-yildan buyon eng yuqori darajaga etgan. 2019- yilda mahalliy yerlarga kirib kelish 135 foizga oshib, yer mojarolari natijasida kamida 18 kishi halok bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring