Bosh inspektor iste’foga chiqdi
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (UAEA) bosh direktori o‘rinbosari va Eron yadroviy dasturiga javobgar bosh inspektor Tero Varyoranta iste’foga chiqdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan finlyandiyalik Varyoranta vazifasini boshqa birovga topshirgan.
Varyorantaning nima sababdan iste’foga chiqqani hanuz ma’lum emas. Lekin u o‘z vazifasini muvaffaqiyatli uddalagani aytilmoqda.
Uning o‘rniga Massimo Aparo vaqtincha vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter