Bortida Nensi Pelosi bo‘lgan samolyot Taybey aeroportiga qo‘ndi — Flightradar
Flightradar ma’lumotiga ko‘ra, bortida AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bo‘lgan samolyot Taybey aeroportiga kelib qo‘ngan.
Reuters esa Nensi Pelosi samolyot zinasidan yerga tushganini ma’lum qildi.
Tafsilot
- AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Kongressning Hind-Tinch okeani mintaqasiga safar qilgan delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda. Delegatsiya yo‘nalishi — Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya va Yaponiya. Pelosi Tayvanga ham tashrif buyurishi kutilayotgandi.
- Pelosining Tayvanga tashrifiga orolni de-fakto o‘z hududi deb hisoblovchi XXR (Xitoy) qat’iy qarshi. Avvalroq XXR raisi Si Szinpin AQSh prezidenti Jo Baydenni «olov bilan o‘ynashmaslik» haqida ogohlantirib, Pelosining tashrifiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgandi. Agarda Pelosining samolyoti Tayvan havo kengliklarida paydo bo‘lsa, XXR tomonidan urib tushirilishi haqida Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida xabarlar paydo bo‘lgandi.
- Pelosi Tayvanga kelishini rasman tasdiqlamagan, biroq inkor ham etmagandi.
- CNBC xabariga ko‘ra, Oq uy Pelosining Tayvanga tashrifi uchun javobgarlikni o‘z zimmasidan soqit qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter