Boris Jonson kokain iste’mol qilganiga iqror bo‘ldi
Britan siyosatchisi Boris Jonson kokain iste’mol qilganini jurnalistlar bilan suhbatda tan oldi. Uning aytishicha, bu bir marta, u 19 yoshida payti bo‘lgan.
«Bu voqea ko‘p, haddan ziyod muhokama qilindi. O‘ylashimcha, odamlarni bizning siyosiy kampaniyamiz, ular va buyuk mamlakatimiz uchun nimalar qila olishimiz ko‘proq qiziqtiradi», — «The Mirror» tabloidi Boris Jonsondan ushbu iqtibosni keltirdi.
Jonson — mamlakat bosh vazirligi uchun asosiy nomzod. U saylovlarning birinchi raundidan so‘ng 114 ta ovoz to‘pladi. Eng yaqin ta’qibchisi, mamlakat tashqi ishlar vaziri Jeremi Hantda — 43 ta ovoz.
Ma’lumot uchun: Buyuk Britaniya bosh vazirligi uchun poygada olti nafar nomzod qatnashyapti. Tereza Mey mamlakatni Yevropa ittifoqidan chiqarib olish borasida parlament bilan murosaga kela olmaganidan so‘ng iste’fo bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter