Boltiqbo‘yi parlamentlari spikerlari Ukrainani YeIga qabul qilishga chaqirishdi
Latviya, Litva va Estoniya parlamentlarining spikerlari bugun, 8-mart kuni Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishini qo‘llab bayonot berishdi.
«Biz Ukraina Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo sifatida kirish uchun rasman ariza topshirganini olqishlaymiz», — deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Ukrainaning murojaatiiga tez javob berish bevosita YeIning o‘z taqdiri, xavfsizligi va barqarorligi uchun ham muhim.
Boltiqbo‘yi spikerlari boshqa mamlakatlar va YeI davlatlari rahbarlarini Ukrainaga YeI ga a’zolik berish uchun amaliy qadamlar tashlashga chaqirishdi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 28-fevral kuni YeI ga a’zolikka nomzodlar ro‘yxatiga kiritish so‘ralgan rasmiy murojat yo‘llagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter