Boltiqbo‘yi davlatlari Gruziya bo‘yicha «qora ro‘yxat» e’lon qildi
Boltiqbo‘yi mamlakatlari «Gruziya orzusi» asoschisi va mamlakat Ichki ishlar vazirligi xodimlarining mamlakatga kirishini taqiqladi.
Litva tashqi ishlar vaziri Gabriyelius Landsbergis va Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna inson huquqlari buzilishi tufayli o‘z mamlakatlariga kirishi taqiqlangan Gruziya rasmiylarining ro‘yxatini e’lon qildi. Taqiqga Latviya ham qo‘shildi, bu haqda Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Braze jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Qora ro‘yxat»ga 11 kishi, jumladan «Gruziya orzusi» partiyasining faxriy raisi va asoschisi Bidzina Ivanishvili va Gruziya Ichki ishlar vazirligi rahbari Vaxtang Gomelauri kiritilgan. Qolganlari esa Ichki ishlar vazirligining yuqori mansabdor shaxslaridir.
Avvalroq Boltiqbo‘yi davlatlari Gruziyadagi norozilik namoyishlarini bostirishda ishtirok etgan shaxslarga qarshi birgalikda sanksiyalar qo‘llashga kelishib olgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter