Boliviya sobiq prezidenti qamoqda o‘z joniga qasd qilishga urindi
Boliviyaning sobiq prezidenti, tergov hibsxonasida o‘tirgan Janin Anes o‘zini yaralashga urindi, biroq uning ahvoli barqaror. Bu haqda Página Siete gazetasi hukumat shtabi rahbari Eduardo Del Kastiloga asoslanib ma’lum qilmoqda.
«Afsus bilan ma’lum qilamanki Janin Anes xonim erta tongda o‘z joniga qasd qilishga uringan. Lekin hozirda uning sog‘lig‘i mutlaqo barqaror ekanligi ma’lum qilamiz», - deydi Eduardo Del Kastilo.
«Uning bir qo‘lida mayda tirnalishlar bor, xavotirga o‘rin yo‘q», - deya qo‘shimcha qilgan u.
Agnes besh oydan beri qamoqda. Politsiya uni shu yilning 13-martga o‘tar kechasi terrorizm, isyon qo‘zg‘atishda va fitnada gumon qilib hibsga olgandi.
Boliviya Bosh prokuraturasi Oliy sudga sobiq prezidentga nisbatan yangi ayblovlar bilan murojaat qilgan.
Boliviyadagi muxolifat 2019-yil 20-oktyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida katta qonunbuzarliklarni e’lon qilganidan so‘ng, prezident Evo Morales harbiy bosim ostida davlat rahbari lavozimini va mamlakatni tark etdi.
Uning ortidan Boliviyaning butun oliy rahbariyati iste’foga chiqdi. Hokimiyat Senat vitse-spikeri Janin Anesga o‘tdi. 2020-yilgi yangi prezidentlik saylovida Morales tarafdori bo‘lgan sotsialist Luis Arse g‘alaba qozondi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter