Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boliviya sobiq prezidenti hibsga olindi

Boliviya sobiq prezidenti hibsga olindi

Foto: «Twitter»

Boliviya sobiq prezidenti Janin Anes hibsga olindi. Siyosatchi ayol terrorizm, davlatga xoinlik va jinoiy til biriktirishda ayblanmoqda.

Anesni hibsga olishga mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus prokuraturasi topshiriq bergan.

«Janin Anes xonim qo‘lga olingan va ayni paytda politsiya qo‘lida», — deb yozdi Boliviya Ichki ishlar vaziri Eduardo del Kastilo «Twitter»da.

O‘z navbatida, Anes amaldagi hukumatni siyosiy ta’qib qilishda aybladi. «Meni aslida mavjud bo‘lmagan siyosiy to‘ntarishda ayblashyapti», — deyiladi u «Twitter»da qoldirgan yozuvda.

Korrupsiyaga qarshi maxsus prokuratura, shuningdek, o‘nlab boshqa amaldorlarni hibsga olishga buyruq bergan. Ular orasida Anes ma’muriyatining sobiq rahbari Yerko Nunes hamda IIV sobiq rahbari Arturo Murilo ham bor.

Anesga qadar uning davridagi adliya va energetika vazirlari qo‘lga olingandi. Sobiq IIV va mudofaa vazirlari esa 2020 yillar oxirlarida Braziliyaga qochib ketganlikda gumon qilinyapti.

Janin Anesga qarshi sud surishtiruvi o‘tkazishni o‘tgan yili Bolliviya parlamenti talab qilgandi. Boshqa ayblovlar qatori, unga qarshi genotsid bo‘yicha jinoyatlarni sodir etganlik ayblovi ham ilgari surilgan. Deputatlar, bundan tashqari, 11 nafar vazir va sobiq vazirga qarshi jinoyat ishlari ochilishini so‘rashgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda prezidentlik saylovlaridan so‘ng yuz bergan tartibsizliklarda 26 kishi halok bo‘lgan, yuzlab kishilar turli darajada jarohatlangan va hibsga olingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring