Bolaning iste’dodi ota-onalarning qon guruhiga bog‘liqmi?
Bolaning qobiliyati asosan ota-onalarning genetikasiga bog‘liq.
Qon guruhi bolaning ma’lumotni idrok etish va eslab qolish qobiliyatiga ham taalluqli. Shuningdek, u miya faoliyatining boshqa jihatlariga va shaxsiy iste’dodlarning rivojlanishiga ta’sir qiladi.
Ba’zi tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, eng iqtidorli bolalarning ota-onalari birinchi qon guruh egalari bo‘lishadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bunday oilalardan ko‘pincha ijodiy shaxslar yoki muvaffaqiyatli ilm-fan odamlari voyaga yetadi.
Ikkinchi qon guruhiga ega bo‘lgan bolalar odatda tanqidiy fikrlashga moyil bo‘lib, bu ko‘pincha ularda muhandislik yoki dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib keladi. Ular haddan tashqari cheklovlarga toqat qilmaydilar, ya’ni mustaqillikni yaxshi ko‘rishadi.
Agar bola ota-onasidan biridan uchinchi qon guruhini meros qilib olgan bo‘lsa, uning rivojlanishi qiyin bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri ular juda ko‘p iste’dodlarga ega bo‘lishadi, ammo to‘g‘ri yo‘naltira olishmaydi. Ko‘pincha boshqalarning fikri ta’siriga tez tushadi va xafa bo‘lishga moyil bo‘lishi mumkin. Muhim ishlarini yarim yo‘lda qoldirmaslik uchun ularga yordam kerak bo‘ladi.
To‘rtinchi qon guruhiga ega bo‘lgan ota-onalar ko‘pincha turli sport turlari bilan shug‘ullanishadi va ular bu qiziqishlarini bolalariga yetkazishadi. Ko‘zga tashlanadigan natijalar odatda uzoq kuttirmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter