Qozog‘istonlik daho universitetni 15 yoshida bitirmoqchi
Qozog‘istonlik daho Abzal Mirzash universitetni 15 yoshida bitirmoqchi, deb yozmoqda «Zakon.kz».
Ayni kunlarda butun dunyo belgiyalik to‘qqiz yoshli vunderkind Lorana Simonsning qobiliyatlaridan hayratda. Elektrotexnika mutaxassisligiga o‘qiyotgan Lorana juda tez o‘rganishi bilan odamlarni lol qoldirmoqda.
«Mamlakatimizda ham qobiliyatli bolalar yetarli. KBTU (Qozog‘iston-Britaniya texnika universiteti) uchinchi bosqich talabasi, 14 yoshli Abzal Mirzash shularning biri. Yosh daho asosiy mutaxassislikka qo‘shib bir nechta mutaxassisliklarni o‘rganyapti. Axborot texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olayotgan Abzal universitetni bitirishi bilan Massachusets texnologiya instituti magistraturasiga kirmoqchi», — deyiladi Qozog‘iston Respublikasi fan va ta’lim vazirligi bergan xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter