Ozarbayjon Qorabog‘ armanlariga arman tilidan foydalanish va e’tiqod erkinligini va’da qildi
Ozarbayjon hukumati tomonidan Qorabog‘ning arman aholisiga madaniyatni saqlash va rivojlantirish huquqi kafolatlanib, din erkinligi hamda arman tilidan foydalanish imkoniyati ta’minlanadi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti ma’muriyatining Qorabog‘ reintegratsiyasiga bag‘ishlangan bayonotida aytildi, deb yozmoqda TASS.
«Aholiga o‘z madaniyatini, etnik-madaniy xususiyatlarini saqlash va rivojlantirish huquqi kafolatlanadi. Din erkinligi, madaniy va diniy yodgorliklarni muhofaza qilish ta’minlanadi. Arman tilidan foydalanish imkoniyati yaratiladi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Ozarbayjon hukumati Qorabog‘dagi arman aholisini jismoniy va ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash, iqtisodiy imtiyozlar paketini, jumladan, soliq imtiyozlari, tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar va fermerlarga subsidiyalar berishni rejalashtirayotganini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter