Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘chadan qochgan 5 yoshli bolaning qo‘liga kishan solish 275 ming dollarga tushdi (video)

Bog‘chadan qochgan 5 yoshli bolaning qo‘liga kishan solish 275 ming dollarga tushdi (video)

Skrinshot

AQShda politsiyachilar bog‘chadan qochgan 5 yoshli bolani tutib olishdi va qo‘liga kishan taqishdi... Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

2020-yilning 14-yanvarida Merilendda ikki politsiya xodimi ko‘chada ketayotgan bolani uchratib qolishadi. Aniqlanishicha, u tengdoshi va o‘qituvchisi bilan janjallashib qolib, ularga doskani uloqtirgan va bog‘chadan qochib chiqqan. Politsiyachilar bolani tutib, mashinaga majburlab o‘tqazishgan, qo‘rqib ketgan bola esa bormayman, deb yig‘lab yuborgan.

Patrul mashinasi bolani bog‘chaga qaytarib olib borgan. U yerda ma’mur guvohligida politsiyachi bolaga po‘pisa qilgan, agar onasi ruxsat bersa, kaltaklayman, deb qo‘rqitgan. Ikkinchi politsiyachi esa bolaning qo‘liga kishan solgan.

Bolakayning onasi yollagan advokatlar politsiyachilarni besh yoshli bolaga kuch ishlatishda ayblashdi. Unga xuddi jinoyatchi kabi munosabatda bo‘lingan, deyishdi.

Uzoq cho‘zilgan jarayonlardan so‘ng, yakuniy qaror shu bo‘ldiki, bolaga 275 ming dollar to‘lanadi. U voyaga yetganida bu pullarni ishlatishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring