Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boeing» aybiga iqror bo‘ldi va kechirim so‘radi

«Boeing» aybiga iqror bo‘ldi va kechirim so‘radi

Dennis Muylenburg.

Foto: «Washington Post»

«Boeing» kompaniyasi odamlarning halokati uchun afsusda, bu fojia biz uchun og‘ir yuk. Halok bo‘lgan yo‘lovchilar va ekipaj a’olarining oilalari va yaqinlari qanchalik qayg‘uda ekanini biz tushunamiz va ularga chuqur hamdardligimizni bildiramiz. Keling, hammamiz bu ikki reysda halok bo‘lgan 346 nafar inson xotirasiga bir daqiqa sukut saqlab hamdardlik bildiraylik», — «Boeing» kompaniyasi bosh direktori Dennis Muylenburg aksiyadorlar bilan uchrashuvni shu so‘zlar bilan ochdi.

Muylenburg «Boeing 737 MAX» samolyoti fojiasiga daxldor barcha insonlardan kompaniya nomidan kechirim so‘radi. U shu samolyotlar ishtirokida o‘tgan yilning 29-oktyabrida Indoneziyada va shu yilning 10-martida Efiopiyada sodir bo‘lgan halokatlar aybdori ulardagi dasturiy ta’minot ekaniga aprel oyi boshida iqror bo‘lgandi.


Mavzuga oid: Efiopiyada «Boeing 737» aviahalokatga uchradi. 157 kishi halok bo‘ldi


«Boeing 737 MAX»da nuqsonlar chiqayotganiga kompaniyaning sobiq va hozirgi xodimlari ham shohidlik berishgan. Ayni paytda bu turdagi samolyotlar parvozi butunlay to‘xtatilgan.

«Boeing» 2019-yil uchun moliyaviy prognozni rad etib, oshib borayotgan xavflar sur’atida sotilgan aksiyalar uchun pullarni qaytarib berishni to‘xtatdi. Bunga javoban kompaniya aksiyadorlari jamoaviy da’vo bilan chiqib aviasozni xavfsizlikdagi kamchiliklarni yashirganlikda ayblashdi. Kaltakning eng kattasi kompaniya bosh direktori Dennis Muylenburg va moliyaviy direktori Gregori Smitning boshida «sinmoqda».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring