Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boing» Rossiyadan titan sotib olishni to‘xtatdi

«Boing» Rossiyadan titan sotib olishni to‘xtatdi

Foto: «Ukrinform»

«Boing» kompaniyasi Rossiyadan titan sotib olishni to‘xtatishini, Moskva va Kiyevdagi texnik bo‘limlarini yopishini e’lon qildi. Bu haqda «Wall Street Journal» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, aviasozlik kompaniyasi shu paytgacha titanga bo‘lgan ehtiyojining taxminan uchdan bir qismini Rossiya ta’minoti hisobiga qoplab kelgan.

Boshqa aviasanoat kompaniyalari singari, «Boing» so‘nggi oylarda titan zaxiralarini g‘amlab qo‘ygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring