BMT Xavfsizlik kengashi navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazadi
BMT Xavfsizlik kengashi dushanba, 17-sentyabr kuni navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazadi. «RIA Novosti» xabar berishicha, AQSh talabi bilan o‘tkazilayotgan bu yig‘ilishda KXDRga qarshi sanksiyalar masalasi ko‘rib chiqiladi.
Gap shundaki, Rossiyaning so‘rovi bilan KXDRga qarshi sanksiyalar bajarilishini nazorat qiluvchi qo‘mita ma’ruzasiga o‘zgartirishlar kiritilgandi. Ya’ni Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish so‘ralgandi.
Bu, o‘z navbatida, AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyliga yoqmadi. Uning aytishicha, qo‘mita Rossiya bosimiga tushib qolgan.
Kelayotgan dushanbadagi yig‘ilishda ma’ruzaning yangi talqini muhokama qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter