Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT: «Dunyodagi ishchilarning yarmidan ko‘pi ish joyiga rasman joylashtirilmagan»

BMT: «Dunyodagi ishchilarning yarmidan ko‘pi ish joyiga rasman joylashtirilmagan»

Foto:«News.un.org»

Butun dunyoda 2 milliard kishi norasmiy ishlamoqda. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkilotining ma’ruzasida aytilmoqda. Ishchilarning 60 foizi oddiy ish sharoitlari va ijtimoiy kafolatga ega emasligi qayd etildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra norasmiy ishlayotganlarning katta qismi (93 foizi) rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra Afrikadagi ishchilarning qariyb 86 foizi norasmiy tarzda ishlaydi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, shuningdek, arab mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 68 foizni, Janubiy va Shimoliy Amerikada 40 foizni, Yevropa va Markaziy Osiyoda 25 foizni tashkil etadi.

Norasmiy ishlaydiganlarning 90 foizi qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qiladi.

Tadqiqotlar 100 dan ortiq mamlakat ko‘rsatkichlariga asoslangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring