BMT: dunyoda qashshoqlar ko‘paymoqda
Sayyoramizdagi 110 mamlakatda yashovchi 6,1 milliard aholidan 1,1 milliard nafari qashshoqlik domida qolmoqda. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturining global hisobotida so‘z boradi.
Xalqaro tashkilotning 1992 yil 11 dekabrdagi qaroriga asosan 17 oktyabr Butunjahon qashshoqlikka qarshi kurashish kuni deb e’lon qilingan.
Tahlillarga qaraganda, 2020-2023 yillarda kam daromad topayotgan aholi soni oshgan.
Har olti qashshoq odamdan besh nafari Afrika hissasiga to‘g‘ri keladi. Mintaqalar bo‘yicha olganda Afrika janubi, Sahara mintaqasi aholisining 47,8 foizi, Janubiy Osiyoning 34,9 foizi muhtojlikdan qutula olmayotir.
BMT kuniga 3,65 dollardan kam mablag‘ga qanoat qilib kun ko‘rayotganlar safini kamaytirish uchun kompleks choralar ko‘rish kerak deb hisoblaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter