BMT Bosh kotibi Guterrish ikkinchi muddatga ham nomzodini qo‘ymoqchi
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish tashkilotni yana besh yil boshqarishga tayyorligi bildirilgan xatni tashkilot Xavfsizlik kengashi raisiga yo‘lladi.
Bosh kotibning amaldagi muddati 2021-yil oxirida nihoyasiga yetadi.
TASS xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Guterrishni qo‘llab-quvvatlagan.
Eslatib o‘tamiz, bir kishi BMTni istagancha muddat boshqarish huquqiga ega, biroq hali hech kim 10 yildan ziyod tashkilotga rahbarlik qilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter