Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Bosh Assambleyasida Turkiya taqdim etgan «chiqindisiz» qarori qabul qilindi

BMT Bosh Assambleyasida Turkiya taqdim etgan «chiqindisiz» qarori qabul qilindi

Turkiya tomonidan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va barqaror rivojlanish rejalari doirasida taqdim etilgan «chiqindisiz» qarori BMT Bosh Assambleyasida qabul qilindi.

Mazkur «chiqindisiz» loyihasi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning rafiqasi Emine Erdog‘an homiyligida amalga oshirilgan.

Emine Erdo‘g‘an, sentyabrda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 77-yig‘ilishlari chog‘ida BMT Bosh kotibi bilan uchrashgan va ikki tomonlama iqlim inqirozi doirasida «Global chiqindisiz yaxshi niyat deklaratsiyasi»ni imzolagan edi.

Ma’lumot uchun, ushbu qaror bilan Bosh Assambleya 30-martni Xalqaro chiqindisiz kun deb e’lon qildi.



Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring