Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biz Ukrainaga halokatli qurol yetkazib bermaymiz» – Janubiy Koreya prezidenti

«Biz Ukrainaga halokatli qurol yetkazib bermaymiz» – Janubiy Koreya prezidenti

Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol Seul Ukrainaga hech qanday halokatli qurol bermaganini ta’kidladi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

«Biz Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda xalqaro hamjamiyat bilan birdammiz va hech qanday halokatli qurol bermadik, ammo har holda, bu bizning suverenitetimiz masalasidir», – deydi Yun Suk Yol jurnalistlarga.

Shuningdek, Janubiy Koreya prezidenti Seul barcha davlatlar, jumladan, Rossiya bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Janubiy Koreyaning Kiyevga qurol yetkazib berish qarorining salbiy oqibatlari haqida ogohlantirgandi. Unga ko‘ra, Janubiy Koreya tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib berilishi respublikaning Rossiya bilan aloqalarini buzadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring