«Biz NATO doirasida yadro qurolini joylashtirish uchun AQSh ma’muriyati bilan uchrashamiz» – Polsha prezidenti
Polsha NATO doirasida yadroviy dasturga qo‘shilishni istamoqda va bu borada muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Polsha prezidenti Anjey Duda Gazeta Polska nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Muammo, birinchi navbatda, bizda yadro quroli yo‘qligida. Hech narsa yaqin kelajakda Polshaning ixtiyorida bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmaydi», – deydi prezident.
Shu bilan birga, Duda «Yadro almashish» dasturida ishtirok etish uchun har doim imkoniyat borligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda AQSh rahbariyati bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Yadroviy almashishning bir qismi sifatida NATOga a’zo Yevropa davlatlari AQSh yadro qurolini o‘z mamlakatida joylashtirishi va saqlashi mumkin.
4-oktyabr kuni Polshaning hukmron «Qonun va adolat» (Prawo i Sprawiyedliwość, PiS) partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy NATO yadro qurolini joylashtirishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Polshaning dasturda ishtirok etishi masalasi allaqachon ko‘tarilgan.
Anjey Dudaning ta’kidlashicha, Polshaga yadro qurolini joylashtirishi «Moskvaning jilovini sezilarli darajada oshiradi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter