Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bishkekdagi issiqlik stansiyasida portlash yuz berdi

Bishkekdagi issiqlik stansiyasida portlash yuz berdi

Bishkekdagi issiqlik elektr stansiyasida avariya yuz berdi, hodisa sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Voqea joyiga shahar hokimi Aybek Junushaliyev borgan. Uning buyrug‘iga ko‘ra, issiqlik markazidagi avariya sababli shahardagi barcha maktab va bolalar bog‘chalari masofaviy rejimga o‘tadi.

24.kg xabariga ko‘ra, stansiyada qozonlardan biri portlagan. Portlashga nima sabab bo‘lganligi noma’lum. Shahar aholisi o‘z uylarida issiq suv yetishmasligiga duch keldi va isitish tizimi harorati sezilarli darajada pasaydi.

Portlash oqibatida besh nafar ishchi jarohatlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki bemorda kuyish shoki o‘ta og‘ir, uchinchisida o‘rtacha kuyish shoki borligi haqida xabar berdi. Jabrlanganlarning yuz, bo‘yin, tana va yuqori nafas yo‘llarida I, II va III darajali kuyish jarohatlari olgan. Ikki kishi reanimatsiyada, yana biri kuyganlar bo‘limida.

Qirg‘iziston Energetika vazirligining xabar berishicha, portlash taxminan ertalab soat 3 da sodir bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring