Bir tonna ko‘mir — 100 dollardan qimmat
![Bir tonna ko‘mir — 100 dollardan qimmat](https://static.xabaruz.com/crop/8/6/720_460_95_862373361.jpg)
AQShda ko‘mir narxi 2008-yildan beri birinchi marta tonnasi uchun 100 dollardan qimmatlashdi, deb xabar berdi «Bloomberg».
Ukrainadagi voqealar xalqaro energetika bozorida aks-sado bermoqda. Xaridorlar global eksportning salkam 18 foizini (2020-yilda) tashkil etgan rus ko‘miriga muqobil manbalar qidirishmoqda. Pandemiyadan so‘ng tiklanayotgan dunyoda yoqilg‘iga talab oshdi, deyishmoqda ekspertlar.
Umuman olganda, AQSh elektr energiya ishlab chiqaruvchilari ko‘mirdan foydalanishni qisqartirishga urinib kelishyapti, biroq o‘tgan yili tabiiy gaz qimmatlashgani bois ko‘mir ishlatish yanayam ko‘paydi.
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, markaziy Appalachi tog‘larida qazib olingan ko‘mir narxi o‘tgan hafta 9 foizga oshib, bir tonnasi uchun $106,15 gacha yetdi. Bu 2008-yildan beri kuzatilgan eng qimmat narx.
AQShdan ko‘mir eksporti 2021-yilda 23 foizga ko‘paygandi, bu yil yana 3,3 foizga oshishi kutilyapti — Amerika konchilik kompaniyalari jahon bozorlaridagi yuqori narxlardan foydalanib qolishmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter