Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bill Geyts koronavirusni qachon yengishimizni yashirib o‘tirmadi

Bill Geyts koronavirusni qachon yengishimizni yashirib o‘tirmadi

Foto: «RIA Novosti»

Koronavirus pandemiyasini faqat ikki yarim yildan keyingina to‘xtatish mumkin, deb hisoblaydi «Microsoft» asoschisi Bill Geyts.

«Biz, boy olam buni asosan 2021-yilning oxirida, butun dunyo esa 2022-yilning oxirida yengadi, deb o‘ylayman», — dedi u «Wired»ga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, milliarderning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya bezgak, poliomiyelit va OIVga qarshi kurashish uchun dorilarni izlab topish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtirib yubordi.

«2020-yilning boshlarida bo‘lgan holatga qaytishimiz uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi. To‘g‘ri, bu Birinchi jahon urushi yoki Ikkinchi jahon urushi emas, lekin butun tizim uchun salbiy zararlarini taqqoslasa bo‘ladi», — deya ta’kidladi Geyts.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring