Bill Geyts 24 yillik o‘rnini bo‘shatib berdi
«Forbes» jurnali «AQShning eng boy 400 kishisi» reytingini e’lon qildi, deya xabar beradi «Anado‘lu» axborot agentligi.
Qariyb chorak asr davomida reytingda yetakchilik qilib kelayotgan «Microsoft» kompaniyasi asoschisi Bill Geyts o‘z o‘rnini «Amazon» rahbari Jeff Bezosga bo‘shatib berdi.
AQShning eng boy odami sifatida bir yilda bisotini 78,5 milliardga oshirgan va jami boyligi 160 milliard dollarga yetgan Jeff Bezos tan olindi. 24 yil mobaynida reytingni boshqarib kelgan Bill Geyts 97 milliard dollar bilan ikinchi o‘rindan joy oldi.
«Forbes 400»ning o‘tgan yilgi jami boyligi 2,7 trillion dollar edi. Bu yil bu ko‘rsatkich 2,9 trillionga yetdi.
«Berkshire Hathaway» egasi Uorren Buffet 88,3 milliard dollar boyligi bilan uchinchi o‘rinni zabt etdi.
«Facebook» asoschisi Sukerberg 10 yilda 10 milliard dollar yo‘qotdi. U 61 milliard dollar bilan to‘rtinchi o‘ringa loyiq topildi.
Beshinchi o‘rin 58,4 milliard dollarga ega «Oracle» asoschisi Larri Ellisonga nasib etdi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu reytingda quyi pog‘onaga tushib qolgani va undan chiqib ketishiga oz qolgani haqida yozgan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter