Beshinchi qavatdan qulagan erkakni «jin ham urmadi»
Tailandda mehmonxonaning beshinchi qavatidan yiqilgan erkak jiddiy jarohat olmadi va tirik qoldi. Bu haqda «Asia One» xabar bermoqda.
Voqea Krabi provinsiyasida sodir bo‘lgan. Singapur fuqarosi Krabi Seabass mehmonxonasiga ro‘yxatdan o‘tgan va u yerda atigi bir kechani o‘tkazishni rejalashtirgan.
Ro‘yxatga olinganidan bir soat o‘tgach, erkak beshinchi qavatdagi xonasining derazasidan tushib ketgan. Yerga tushishdan oldin u plastik tomga urilgan.
Natijada Singapur fuqarosi faqat ko‘karishlar va tirnalish jarohatini olgan. Shunga qaramay, voqea guvohlari tez yordam chaqirishgan va shifokorlar erkakni qo‘shimcha tekshirish uchun shifoxonaga olib ketishgan.
Hozircha jabrlanuvchi nima sababdan derazadan tushib ketgani noma’lum. Do‘stining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda erkak ruhiy muammolar tufayli shifokorlarga murojaat qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter