Berlinda dunyodagi eng katta akvarium yorilib ketdi
Bugun 16 dekabr kuni Berlindagi Dom Aquaree mehmonxonasida million litr suv bilan to‘ldirilgan 16 metrlik akvarium yorilib ketdi. Bu haqda Berliner Kurier xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa ertalab sodir bo‘lgan. Ichida 1,5 mingga yaqin baliq bo‘lgan akvariumdan 1 million tonna suv tashqariga oqib chiqqan. Hodisa natijasida ikki kishi jabrlangan. Voqea joyida 100 dan ortiq favqulodda vaziyatlar xodimlari ishlamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hammasi bo‘lib mehmonxonada 350 ga yaqin odam bo‘lgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Dom Aquaree akvariumi 2003 yilda 12,8 million yevroga qurilgan. Ta’mirlash 2020 yilda amalga oshirilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, akvariumda taxminan 97 turdagi 1500 ga yaqin baliq bo‘lgan. Bu dunyodagi eng katta silindrsimon akvariumlardan biri bo‘lib, o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turar edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter