Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiyada tabiiy ofat qurbonlari soni 15 kishiga yetdi: lekin bu hali hammasi emas

Belgiyada tabiiy ofat qurbonlari soni 15 kishiga yetdi: lekin bu hali hammasi emas

Foto: «RIA Novosti»

Belgiyada Lej provinsiyasi Troz kommunasi okrugida uchta jasad topildi. Shundan so‘ng toshqindan halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Belgiyaning LeSoir nashri.

Avvalroq 12 kishi halok bo‘lganligi, to‘rt kishi bedarak yo‘qolganligi haqida xabarlar tarqalgandi. Xususan, Verve shahrida olti kishi, ikkitasi Shofontenda vafot etgan, yana bir 50 yoshli erkak Eypendagi uyining podvalida cho‘kib ketgan, bir kishi Pepensterda, biri Ayvaylda va yana biri Filippvilda vafot etgan.

Hukumat suv chekingandan keyin toshqin qurbonlari soni ko‘payishini istisno qilmayapti.

Lej, Namyur, Valon-Brabant provinsiyalari tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rishdi. Lyuksemburg, Antverpen va Flamand-Brabant provinsiyalari ham jiddiy zarar ko‘rdi. Yuzlab xususiy uylar, bir nechta ko‘priklar vayron bo‘ldi, turar joy binolari va yo‘llar suv ostida qolib ketdi. Ba’zi bir joylarning ma’murlari aholini uylarini tark etishga chaqirishdi. Valoniyada temir yo‘l aloqalari to‘xtatildi. Noqulay ob-havo elektr, gaz va telefon tarmoqlari ishini to‘xtatdi va pochta xabarlarini yetkazib berish izdan chiqdi.

Ayni paytda 20 mingdan ortiq odam elektr energiyasiz qolmoqda.

Tabiiy ofatga qarshi kurashga harbiylar jalb etildi, xususan, ular aholini eng ko‘p zarar ko‘rgan aholi punktlaridan evakuatsiya qilish ishlari bilan band.

Belgiya ichki ishlar vaziri Annelis Verlinden mamlakatdagi yomon ob-havo oqibatlarini yengish uchun Yevropa Ittifoqining fuqaro muhofazasi mexanizmini ishga tushirdi.

Juma kuni ertalab yomg‘ir Belgiyaning aksariyat qismida to‘xtadi.

Kuni kecha Germaniyaning Reynland-Pfals va Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtatlaridagi toshqinlardan so‘ng ko‘plab odamlar qurbon bo‘lganligi haqida xabar bergandik.

So‘ngra G‘arbiy Germaniyada kuchli yomg‘ir va toshqinlar natijasida kamida 58 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring