Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarusda ukrainalik futbolchilar avtohalokatga uchradi

Belarusda ukrainalik futbolchilar avtohalokatga uchradi

Foto:«Gaibrest.by»

Belarusda ukrainalik futbolchi bolalar joylashgan avtobus halokatga uchradi. Bu haqda Ukraina konsulligi vakili Vasiliy Kirilich «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qilgan.

«Belarusdagi yo‘l halokatida ukrainaliklar jarohat oldi. Konsul voqea joyida mahalliy hokimiyat vakillari bilan birgalikda zarur choralarni ko‘rmoqda», — deya yozgan Kirilich.

Ma’lum bo‘lishicha, bolalardan biri vafot etgan, oltitasi esa og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan.

Belarus sog‘liqni saqlash vaziri Valeriy Maleshko vaziyat to‘liq nazoratda ekani va jarohatlanganlarga malakali shifokorlar g‘amxo‘rlik qilayotganini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring