Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus prezidenti Lukashenkoga nisbatan qidiruv e’lon qilindi

Belarus prezidenti Lukashenkoga nisbatan qidiruv e’lon qilindi

Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni qidiruvga berdi. Bu haqdagi ma’lumotlar mamlakat Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasida qayd etilgan.

UXX matbuot xizmatining xabar berishicha, departament Belarus prezidentini qidirishni boshlagan. Biroq Lukashenko qaysi jinoiy ishlari uchun qidirilayotgani haqidagi tafsilotlar oshkor qilinmayapti.

Ayrim OAVlarga ko‘ra, 20-oktyabr kuni Ukraina rasmiylari va huquq-tartibot idoralari Belarus rahbarining rafiqasiga qarshi ham qator sanksiyalar joriy etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, UXX avvalroq Rossiyaning bir qator yuqori lavozimli amaldorlarini ham qidiruvga bergan.

Ular orasida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, FXX direktori Aleksandr Bortnikov, Rossiya gvardiyasi rahbari Viktor Zolotov, Rossiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Vladimir Kolokolsev, Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin, Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev va Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovalar bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring