Bayrutdagi portlash qurbonlari soni 190 kishiga yetdi
Bayrut portidagi portlash qurbonlari soni 190 kishiga yetdi, jami 6,5 ming kishi turli darajada jarohatlandi, deyiladi hukumatning yakshanba kuni chop etgan bayonotida.
Xabarlarga ko‘ra, uch kishi bedarak ketgan, 300 ming kishi boshpanasiz qolgan, qariyb 50 mingta uy portlash natijasida zararlangan.
Avvalroq hukumat 170 kishi vafot etganini ma’lum qilgandi.
4-avgust kuni Bayrut portida kuchli portlash yuz berdi. Yuzlab uylar, avtomobillar shikastlandi, poytaxtning ko‘pgina dahalarida deraza oynalari to‘kilib ketdi, inshootlarning bir qismi vayron bo‘ldi. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, portlashga 2014-yilda bojxona xizmati tomonidan musodara qilinib, omborda saqlanib kelgan 2750 tonna ammiak selitrasi yonishi sabab bo‘lgan. Livan poytaxti ofat hududi deb tan olindi, shaharda ikki hafta favqulodda holatlar tartibi joriy etildi. Shundan so‘ng Bayrutda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Pirovard natijada Livan bosh vaziri Hasan Diyab o‘z hukumati iste’fosini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter