Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayrutdagi portlash prezident saroyiga jiddiy shikast yetkazdi

Bayrutdagi portlash prezident saroyiga jiddiy shikast yetkazdi

Foto: BBC

Bayrut portidagi kechagi portlash oqibatida Livan prezidenti Mishel Aun qarorgohi — Baabda saroyiga jiddiy ziyon yetdi.

Shuningdek, portlashdan mamlakat bosh vaziri Hasan Diabning shtab-kvartirasi — Katta saroy ham zarar ko‘rgan. Portlash joyidan 1,6 kilometr olisdagi ushbu binoning eshiklari qo‘porilib, mebellari singan.

«Interfaks» agentligi xabarida Bayrut ko‘chalari kul va xarobalar ostida qolgani aytiladi. Poytaxt gubernatori Marvon Abbud ma’lum qilishicha, shaharning yarmi talafot ko‘rgan, u bu falokatni atom bombasi tashlagandan keyingi Xirosima va Nagasakiga qiyoslagan.

Hozirga kelib halok bo‘lgan 70 inson va 2500 dan ortiq jarohatlanganlar haqida ma’lumot bor. Noxush hodisaga port omborida e’tiborsizlik bilan saqlab kelingan ko‘p miqdordagi selitra sababchi bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring