Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baydenning 2023-yildagi asosiy vazifalari ma’lum qilindi

Baydenning 2023-yildagi asosiy vazifalari ma’lum qilindi

AQSh prezidenti Jo Bayden 2023-yilda Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga e’tibor qaratadi. Bunday prognozni Foreign Policy (FP) nashri tahlilchilari ma’lum qilishdi.

Qayd etilishicha, Vashington Ukrainaga eng yirik harbiy yordam beruvchi bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, Bayden o‘z armiyasining jangovar tayyorgarligi darajasini va Kongressdagi respublikachilar nazoratini kuchaytirishni hisobga olgan holda «majburiyatlarni muvozanatlashi» kerak bo‘ladi.

Amerika rahbarining yana bir vazifasi mamlakatda va xorijda narxlarning o‘sishini oldini olish uchun mamlakatni yetarli energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘ladi. Shuningdek, mikroelektronika sohasida Xitoy bilan texnologik raqobatni davom ettirish, shuningdek, dunyoda yadro quroli tarqalishining oldini olish masalalari ham bor.

Avvalroq Bayden 2023-yil uchun 1,7 trillion dollarlik budjet loyihasini imzolagandi. Unda 45 milliard dollar miqdorida Ukrainaga muhim yordam ajratilishi ham borligi qayd etilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring