Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden «yadroviy Armageddon» tahdidi haqida gapirdi

Bayden «yadroviy Armageddon» tahdidi haqida gapirdi

AQSh prezidenti Jo Bayden sovuq urush va Karib dengizi inqirozidan keyin birinchi marta dunyo yadro urushi tahdidi ostida ekanini aytdi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.

Bayden bu tahdid kuchayishida Rossiya rahbariyatini aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident Vladimir Putin «yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilganda hazil qilmaydi».

Eslatib o‘tamiz, Putin sentyabr oyidagi murojaatida, agar mamlakat hududiy yaxlitligi tahdid ostida qolsa, Rossiya yadro qurolidan foydalanish huquqini eslatgandi.

Shuningdek, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya yadro qurolidan foydalanish huquqiga ega ekanini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring