Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden qayta saylana oladimi? Germaniya kansleri taxmin qildi

Bayden qayta saylana oladimi? Germaniya kansleri taxmin qildi

Germaniya kansleri Olaf Shols Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden 2024-yilda yangi muddatga qayta saylanishiga ishonch bildirdi.

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Menimcha, Baydenning qayta saylanish imkoniyati juda yaxshi», —dedi Shols Berlindagi WDR 25-xalqaro Yevropa forumida.

Kansler Germaniyaning AQShning amaldagi prezidenti bilan juda yaqin aloqalari borligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, u rasmiy Berlin Vashingtondagi istalgan hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring