Bayden qayta saylana oladimi? Germaniya kansleri taxmin qildi
Germaniya kansleri Olaf Shols Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden 2024-yilda yangi muddatga qayta saylanishiga ishonch bildirdi.
Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Menimcha, Baydenning qayta saylanish imkoniyati juda yaxshi», —dedi Shols Berlindagi WDR 25-xalqaro Yevropa forumida.
Kansler Germaniyaning AQShning amaldagi prezidenti bilan juda yaqin aloqalari borligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, u rasmiy Berlin Vashingtondagi istalgan hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter