Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Putin bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish shartini aytdi

Bayden Putin bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish shartini aytdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya rahbari Ukrainadagi mojaroga barham berishda «manfaat ko‘rsatsa» Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini istisno qilmasligini aytdi. Bu haqda Jo Bayden Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuv chog‘ida ta’kidladi.

«Agar janob Putin haqiqatan ham urushni tugatishga qiziqish bildirsa, men u bilan gaplashishga tayyorman», deydi AQSh prezidenti.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga murosa qilish uchun bosim o‘tkazmasligini aytib o‘tgan.

«Biz hech qachon Ukrainaga u uchun qabul qilib bo‘lmaydigan murosa qilish uchun bosim o‘tkazmaymiz. Agar biz barqaror tinchlikka erishmoqchi bo‘lsak, ukrainaliklarni hurmat qilishimiz kerak. Ularning o‘zi muzokaralar uchun shart va vaqtni tanlashlari kerak». – deya ta’kidladi Makron.

Putinning qayd etishicha, agar Kiyev rozi bo‘lsa, hozir ularni taklif qilayotganlarning vositachilik harakatlari talabga ega bo‘ladi.

O‘z navbatida, noyabr oxirida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan har qanday muzokaralar yashirincha emas, ommaga oshkora holatda o‘tishi kerakligini aytgandi. Uning ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak frontdagi joriy vaziyat fonida muzokaralarni boshlash Ukraina taslim bo‘lganini bildirishini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring