Bayden Polshaga qilingan raketa hujumi haqida bayonot berdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Balidagi dunyo yetakchilari bilan favqulodda yig‘ilishdan so‘ng jurnalistlarga Polshaga qilingan raketa hujumi haqida izoh berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Raketa Rossiyadan uchirilganmi, degan savolga Bayden shunday javob berdi:
«Buni rad etuvchi dastlabki ma’lumotlar bor. To‘liq tekshiruv o‘tkazmagunimizcha bu haqda gapirishni istamayman. Ammo trayektoriyaga qaraganda, u Rossiyadan chiqarilgani dargumon, lekin ko‘ramiz».
Eslatib o‘tamiz, kecha tunda Polshaning Ukraina bilan chegaradosh hududiga ikkita raketa borib tushgan edi. Raketa Lyublin shahri yaqiniga tushgan. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter