Bayden G7 sammitida qirollik protokolini buzdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Buyuk Britaniyaning Kornuoll shahrida bo‘lib o‘tgan «Katta yettilik» (G7) sammitida qirollik protokolini buzdi, deb xabar berdi Daily Star.
Qoidaga ko‘ra, qirol oilasi a’zolari tadbirga oxirgi bo‘lib kelishi va birinchi bo‘lib ketishi kerak.
Biroq Bayden va uning rafiqasi Jill belgilangan uchrashuvga Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va qirol oilasining boshqa a’zolaridan bir necha daqiqadan so‘ng yetib kelishdi.
Shunga qaramay, bu hodisa Yelizaveta II ning kayfiyatiga ta’sir qilmadi, deya ta’kidlashmoqda jurnalistlar. U Amerika rahbarini yaxshi kutib olgan. U bilan lavozimga kirishganidan beri birinchi marta ko‘rishdi.
11 iyun kuni Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki qirolichaning Bayden bilan uchrashuvidan oldin Yelizaveta II unvonini nomlashda ikkita xatoga yo‘l qo‘ygandi. Xususan, uni «Angliya qirolichasi» deb atagan. Vaholanki, bu atama 1707 yildan beri qo‘llanilmayapti.
Kuni kecha — 12 iyun kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 95 yoshga to‘lgani rasman nishonlandi. Monarxning tavallud kuni an’anaviy tarzda iyun oyining ikkinchi shanbasida bayram qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter