Bashar Asad Putin bilan uchrashishi mumkin
Joriy yil mart oyining o‘rtasida Suriya prezidenti Bashar Asad rasmiy tashrif bilan Moskvaga keladi. Bu haqda diplomatik manbaga tayanib, «Vedomosti» gazetasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bashar Asad Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi mumkin. Gazetaning qayd etishicha, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov nashrning tegishli so‘roviga javob bermagan.
Mutaxassislarning fikricha, kun tartibida gumanitar masalalar va munosabatlarni tartibga solish masalalari bo‘ladi.
Rossiya xalqaro masalalar bo‘yicha kengashi eksperti Kirill Semyonov ta’kidlashicha, Asad zilzila oqibatlarini bartaraf etish va Suriyadagi jiddiy yoqilg‘i inqirozidan chiqish uchun Moskvadan yordam olishga harakat qiladi.
Shuningdek, Semyonov tomonlar Ukrainada davom etayotgan mojaro fonida ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishlari haqida fikr bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter