Bangladeshdagi tartibsizliklarda 150 dan ortiq odam o‘ldi
Bangladeshda ishga qabul qilishda kvotalash tizimiga qarshi talabalar bosh ko‘tarishidan so‘ng kelib chiqqan tartibsizliklar oqibatida halok bo‘lganlar soni 151 nafarga yetdi. Bu haqda France-Presse xabar berdi.
Qurbonlar orasida isyonchilar bilan birga politsiya xodimlari ham bor.
Mamlakatda komendantlik soati kuchga kirgan. Bangladesh Oliy sudi ishga joylashishda kvotalarni bekor qilish haqidagi petitsiyani ko‘rib chiqishi munosabati bilan 21-22-iyul kunlari dam olish kunlari deb e’lon qilindi.
Notinchlik sababli bosh vazir Shayx Hasina Vazid Ispaniya va Braziliyaga tashrifini bekor qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter