Bangladeshda qochoq-rohinjalar lageri yonib ketdi, 400 kishi bedarak yo‘qolgan
Bangladeshdagi qochoq rohinjalar lagerida ulkan yong‘in sodir bo‘ldi.
15 kishi halok bo‘lgan, taxminan 400 kishi bedarak yo‘qolgan, 560 kishi jarohat olgan.
BMT Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissarining Bangladeshdagi boshqarmasi vakili Yohannes van der Klaauv jurnalistlarga ma’lum qilishicha, qidiruv ishlari davom etmoqda, halok bo‘lganlar soni oshishi mumkin. 20 mingdan ziyod qochoqlar lagerni tark etgan.
Yong‘in seshanba oqshomida boshlangan. Isitish va ovqat tayyorlash uchun keltirilgan gaz ballonlarining ko‘pligi yong‘inni o‘chirishni qiyinlashtirgan. Halokat sabablari o‘rganilmoqda.
Myanmada boshlangan qirg‘indan omon qolish uchun 1 milliondan ziyod musulmon-rohinjalar qo‘shni Bangladeshga qochib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter