Bangladeshda fabrika yonib ketdi, qirq kishi halok bo‘lgan
Bangladeshdagi fabrikada sodir bo‘lgan yong‘inda 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Frans-Press agentligiga asoslanib RIA Novosti xabar bermoqda.
Avvalroq uch kishi halok bo‘lganligi, 20 dan ortiq kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan.
Mahalliy UNB agentligi payshanba kuni poytaxt Dakkadan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Narayanganj shahridagi yetti qavatli zavod binosini yong‘in qamrab olgani haqida xabar bergan. O‘t o‘chiruvchilar juma kuni ertalabga ham yong‘inni o‘chirishda davom etgan.
Jabrlanganlardan birining agentlikka aytishicha, ba’zilari binoning yuqori qavatlaridan sakrash natijasida yaralangan.
Shuningdek, u jarohatlanganlar va qurbonlar soni ko‘payishi mumkinligini ta’kidlagan. Sababi fabrikada yetti-sakkiz mingga yaqin ishchi menat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter