Bag‘dodning bir nechta hududida portlash sodir bo‘ldi
Iroq poytaxti Bag‘dod shahrining turli mavzelarida portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi yaralandi, deya xabar beradi «Sabah.com» nashri.
Bag‘dod xavfsizlik tashkiloti mas’ul xodimi, kapitan Hotim al-Jabiriyning aytishicha, poytaxtning 25 kilometr g‘arbidagi Abu G‘arib qasabasida bomba portlashi oqibatida bir harbiy halok bo‘lgan, ikki nafari yaralangan.
Bag‘dod janubidagi Abu Dishayr mavzesida sodir bo‘lgan portlash tufayli ikki fuqaro halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan.
Xuddi shunday poytaxt shimolidagi Jukuk mavzesidagi portlashda 1 kishi halok bo‘lgan, 1 kishi yaralangan.
Bag‘dod shimolidagi jamoat transportiga o‘rnatilgan bombaning portlashi sababli ikki fuqaro yaralangan.
Al-Jabiriy portlashlarni IShID uyushtirganini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter