Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bag‘dod shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 taga yetdi

Bag‘dod shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 taga yetdi

Foto:«AFP»

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Bag‘dodning as-Sadr qasabasidagi qurol-yarog‘ omborida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 122 kishi yaralangan.

14 ta uy va 4 ta maktab binosi qulagan.

Qidiruv-qutqaruv guruhi binolar ostida qolgan jasadlarni chiqarayapti. Halok bo‘lganlar soni oshishi ehtimoli bor.

Dastlab Iroq ichki ishlar vazirligi mutasaddilari voqeani terrorchi guruhlar amalga oshirganini aytishdi. Keyinchalik buning terrorga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilishdi.

Avvalroq 10 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring