Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bagamada «Dorian» qurbonlari to‘rt baravar oshdi

Bagamada «Dorian» qurbonlari to‘rt baravar oshdi

Foto: TASS/Zuma

Orollarda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qo‘shni Floridada ko‘ngillilar guruhi zarar ko‘rganlar uchun gumanitar yordam to‘plashmoqda: oziq-ovqat, suv, eng zarur buyumlar.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Bagama orollariga yopirilgan «Dorian» dovuli qurbonlari soni 20 kishiga yetdi. Bu raqam qidiruv ishlari davomida ortib bormoqda. Ma’lumotni «Miami Herald» gazetasi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Dyueyn Sends so‘zlariga tayanib tarqatgan.

BMTning favqulodda vaziyatlar markaziy jamg‘armasi Bagama aholisiga oziq-ovqat, suv va dori-darmon uchun million dollar ajratdi. Bu haqda matbuotga BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukok ma’lum qilgan. U orollarning bosh vaziri Xyubert Minnis bilan uchrashdi.

«Men bosh vazirga oziq-ovqat, suv, boshpana, tibbiy yordam bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun zudlik bilan favqulodda vaziyatlar markaziy jamg‘armasidan 1 million dollar ajratishimni aytdim», — deydi Loukok.

Uning ma’lumotiga ko‘ra, qariyb 70 mingdan ortiq kishi gumanitar yordamga muhtoj.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring