Bagamada tabiiy ofat qurbonlar soni 43 taga yetdi
«KP» saytining yozishicha, dahshatli dovul mamlakatning turli shtatlarida o‘nlab insonlarning hayotiga zomin bo‘lishga ulgurgan. Hozir Bagama orollarida tabiiy ofat qurbonlari haqida ma’lumotlar kelib tushmoqda.
Orol-davlat bosh vaziri Xyubert Minnis idorasi dovulning 43 nafar qurboni haqida ma’lum qildi. Avval 30 kishi halok bo‘lganligi xabar berilgandi. Bu raqam yana-da ko‘proq bo‘lishi mumkin. Negaki minglab odamlar bedarak ketgan deb hisoblanmoqda.
Saytning avvalroq Qo‘shma Shtatlar sohil muodafaa xizmati Bagama orollarida 201 kishini qutqarib qolganligini ma’lum qilgandi. Ayni vaqtda tabiiy ofatdan talofat ko‘rgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter