Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAAda 8,5 ming yillik qadimgi aholi maskani topildi (foto)

BAAda 8,5 ming yillik qadimgi aholi maskani topildi (foto)

Foto: The National News.

Abu-Dabi g‘arbidagi Gaga orolida yoshi sakkiz yarim ming yildan oshgan binolarning xarobasi topildi. Bu haqda The National News ma’lum qildi.

Arxeologlarning ta’kidlashicha, topilmalar BAAdagi eng qadimiy binolar deb hisoblanmoqda. Shu kungacha Abu-Dabi sohilidagi eng qadimiy deya hisoblab kelingan Marava orolidagi bino bu xarobalardan 500 yil «yoshroq» bo‘lib chiqdi.

Bu mamlakatning birinchi jamoalari topilgan binolarda joylashgan deb ishoniladi. Ular balandligi bir metrgacha bo‘lgan oddiy dumaloq xonalardan iborat. Xonalarda yuzlab artefaktlar, jumladan ov qilish uchun ishlangan tosh o‘q uchlari topilgan.

Arxeologlar odamlar bu yerda qancha vaqt yashaganliklari va bu aholi punktini nima uchun tark etganliklarini aniqlashmoqda.

Ilgari bu hududdagi aholi punktlari neolit davrida rivojlangan dengiz savdo yo‘llarining rivojlanishi natijasida shakllangan deb hisoblangan. Biroq, so‘nggi kashfiyot odamlar bu yerda ancha oldin yashay boshlaganini isbotlaydi.

«Odamlar bu yerda sakkiz yarim ming yil muqaddam o‘rnashib, uylar qurgan. Biz bu jamiyatning ming yillar davomida rivojlangan, taraqqiyotga intilgan jamiyat ekanligini ham aniqladik», —deydi Abu-Dabi madaniyat va turizm departamenti raisi Muhammad Al Muborak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring