Ayolni bolalari ko‘z o‘ngida zo‘rlagan shaxslar o‘lim jazosiga hukm qilindi
Pokistonda ayolni farzandlarining ko‘z o‘ngida zo‘rlagan ikki erkak o‘limga mahkum etildi. Sud ularni zo‘rlash, odam o‘g‘irlash, talonchilik va terrorizmda aybladi, deya xabar bermoqda VVC.
Jinoyat o‘tgan yilning sentyabr oyida sodir etilgan. Ayol ikki farzandi bilan mamlakat shimoli-sharqidagi Laxor shahriga kechga yaqin yo‘l olgan, ammo mashinasida benzin tugab qolgan. U qarindoshlari bilan bog‘lanish va evakuator chaqirish uchun yo‘l chetida to‘xtagan. Shunda ikki erkak mashinasiga bostirib kirib, uni zo‘rlashgan va talonchilik qilishgan.
Voqeadan so‘ng shu zahoti politsiya aybni qisman jabrlanuvchiga yuklashga urinishgan. Ularning fikricha, jabrlanuvchining o‘zi tunda kimsasiz yo‘lda ketgan, yonilg‘i darajasini tekshirmagan.
Politsiyaning munosabati keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi, minglab odamlar jabrlanuvchini ayblash taktikasidan voz kechishni va qonunchilikni ayollarni yaxshiroq himoya qilishi uchun o‘zgartirishlarini talab qilib, ko‘chalarga chiqdilar.
Rasmiylar ularga quloq solishdi va Pokiston dekabr oyida yangi qonunlarni qabul qildi. Unga ko‘ra zo‘rlash ishlarini tezroq ko‘rib chiqish va jazolarning qat’iyligi ta’minlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter